23/04/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Quvasoy shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 160,6 mlrd. so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Moliya xizmatlari – 26,7 mlrd.
Transport xizmatlari – 29,8 mlrd.
Savdo xizmatlari – 59,7 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 8,8 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 2,5 mlrd.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 1,0 mlrd.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,7 mlrd.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 1,0 mlrd.
Ijara xizmatlari – 3,8 mlrd.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 10,1 mlrd.

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 126,5 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 1 584,2 ming so‘m miqdorida qayd etildi.