Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga viloyatda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 889 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 4 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 885 tani tashkil qildi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 7 912,6 mlrd so‘mga yetdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 109,7 % miqdorida qayd etildi. Bunda savdo aylanmasining 93,9 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.