30/06/2025

Joriy yilning 27-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati”da qatnashib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinayotgan materiallar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyun kungi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.