30/06/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 111 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 29 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4082 tani tashkil qildi. Hisobot davrida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 9 924,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 8,5 % ga o‘sdi. Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 9 445,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,4 % ga to‘g‘ri keldi viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 95,2 % ni tashkil qildi.