30/06/2025

Joriy yilning 27-iyun kuni Quva tumani hududidagi mahalla fuqarola yig‘ni faollari  ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari sharhiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan Xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyun kunidagi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1070-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030- yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-sonli Farmoning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yuzasidan ma’ruza qildi. Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etilishi, Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi ekanligi, bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi, banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emaslig, bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi kabi sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanishi haqida atroflicha tushuncha berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni bilan  “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030- yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlanganligi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi maqsadida  mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari etib mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish, aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish, mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash, mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish, mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, mahalliy Kengashlar faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,  mahalliy Kengashlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish shu va boshqa ma’lumotlar  berildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-aprel kun “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ustuvor vazifalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va yakunlari bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish bo‘yicha taklif kiritish belgilanligi haqida shu va boshqa ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tildi.