Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga Oltiariq tumanida qurilish korxona va tashkilotlar tomonidan 134,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkicha o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 109,6 % ni tashkil etgan.