2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Uchko‘prik tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 135 korxona va tashkilotlar tomonidan 202,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,1 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 2,6 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 163,7 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 35,8 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 120,3 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 832,9 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 121,5 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 73,2 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari –7,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.