Joriy yilning 20-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-955-son Qonunining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur qonunga ko‘ra, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga nogironligi bo‘lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga, saylash va saylanishga, referendumda ishtirok etishga, shuningdek ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilganligi, bundan tashqari Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga asosan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilganligi, shuningdek ma’muriy islohotlarni amalga oshirish maqsadida «davlat boshqaruvi organlari» degan tushuncha «respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari» degan tushuncha bilan almashtirilayotganligi, mazkur Qonun inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilishi haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga kun tartibidagi ikkinchi masala - “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida, korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi, unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etishi, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligi haqida to‘xtalib, hozirda, korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respublikamizda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanishi, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash tizimini barpo etishda keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, unga tanqidiy yondoshgan holda milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish lozimligi, korrupsiya o‘ziga tamagirlikni qamrab olgan holda jamiyatning ma’naviy ustunlari hamda demokratiyani yemirib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tug‘dirayotganligi, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul kilinayotganligi haqida keng va atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.