Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2024- yil 1- noyabr holatiga 2 145 taga yetib, ularning 2 139 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri
keladi.
Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
Mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2024- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 6,1 foiz ulushini tashkil etdi;
Restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 93,9 foiz ulushini tashkil etdi.