19/11/2024

2024-yil 1-noyabr holatiga viloyatda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 613 taga yetdi. Kompyuter dasturlash va aloqa bo'limida korxona va tashkilotlar soni, axborot va kommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonining 72,6 foizini, axborot xizmatlari va noshirlik faoliyatini rivojlantirish bo'limida faoliyat yurituvchi korxonalar soni 23,7 foizini, ko‘rsatuvlar va teleradioeshittirishlar yaratish hamda kino, videofilmlar, teledasturlar, fonogrammalar va yozuvlar ishlab chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni esa 3,7 foizni tashkil etdi.