Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi M.Toxtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Dang‘ara tumanidagi “Taptiqsaroy‘” MFYda istiqomat qiluvchi B.Nazarovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.