28/11/2024

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida ma'lum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 701 taga yetdi va ular tomonidan 2024- yilning yanvar-oktabr oylari holatiga 698,9 mln AQSH dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi.