Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Chunonchi, joriy yilning 28- noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov tomonidan Oltiariq tumaniga qarashli “Yangi ariq” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.