29/11/2024

2024-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Marg‘ilon shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 225,4 mlrd so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 102,7 mlrd
Savdo xizmatlari – 787,9 mlrd
Moliya xizmatlari – 207,4 mlrd
Transport xizmatlari – 507,5 mlrd
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 96,4 mlrd
Ta’lim xizmatlari – 44,4 mlrd
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari – 19,2 mlrd
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 54,2 mlrd
Ijara xizmatlari – 82,6 mlrd
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 107,6 mlrd so‘mga to‘g‘i keldi.