2024- yilning yanvar-oktabr oylarida import hajmi 1 114,1 mln AQSH dollarini va 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (35,1 %), sanoat tovarlari (25,6 %), mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallar (14,2 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (11,6 %) hisobiga toʻgʻri keldi.