02/12/2024

2024- yil yanvar-oktabr oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 390,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 0,3 % ga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 35,1 % ga yetdi. 2024-yil yanvar-oktabr oylarida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 mln AQSH dollariga kamaydi. Ushbu tovarlarni Farg‘ona viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 288,7 mln AQSH dollari (73,9 %), Italiya — 16,6 mln AQSH dollari (4,2 %) va Turkiya– 15,4 mln AQSH dollari (3,9 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.