2024-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Beshariq tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 817,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,2 % ni tashkil etdi.
Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 3 343,8 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 227,0 mlrd so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 17,4 mlrd so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 4,6 mlrd so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 198,4 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.