Joriy yilning 10-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari sharhiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni mazmun va mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. U xususan, Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilashi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo‘lga qo‘yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirish, yaylovlardan oqilona yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yorini ta’minlash, yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish, yaylovlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabilarni o‘z ichiga olishi haqida tushuncha berildi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilayotganligi, loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy e’tibor qaratilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025- yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar ham nazarda tutilganligi, loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkazilishi, davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi kesimida 2025- yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va har bir yo‘nalish kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilayotganligi haqida shu va boshqa ma]lumotlar berildi. Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala yuzasidan korrupsiya murakkab ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy hodisa bo‘lib, jamiyat taraqiyotini muxim omillari bo‘lmish tinchlik, osoyishtalik, adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarni yo‘q qilishi, milliy xavfsizlikka tahdid solishi, mamlakat rivojiga to‘siq bo‘lishi, dunyoda korrupsiya tufayli soliq to‘lovchilar cho‘ntaklaridan trillionlab dollarlar maktab va kasalxonalarga yetib bormasdan mansabdor shaxslar hisob raqamlariga tushayotganligi inson huquqlarini himoya qilishda korrupsiyaga qarshi kurashish naqadar muhimligidan dalolat berishi, barcha sohalar qatori Statistika tizimi sohasida ham korrupsiya illatlarini yo‘q qilish va uning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida korrupsiyaviy holatlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish, ularga chek qo‘yish, uning oqibatlarini, shuningdek, unga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish muhim vazifalardan biri ekanligi, ayngiqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishda uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlar vaqt va natijadorlik nuqtai nazaridan ancha samarali hisoblanishi, shu bois, sohada korrupsiyaga qarshi qaratilgan tashkiliy va huquqiy asoslarni yaratish, mavjudlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va unga qat’iy rioya qilish, zarur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, shu jumladan fuqarolarning ushbu sohadagi bilimini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kutilgan natijalarga erishishga imkon yaratishi haqida ma’ruza qildi.