Joriy yilning 16-aprel kuni soat 11-00 da Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on MFY, Hilol ko‘chasida joylashgan tuman statistika bo‘limi binosida statistika sohasida uchrayotgan muammoli masalalarni hal etish maqsadida, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Yakubov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabul kuni tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan, barcha jismoniy va yuridik shaxslarni mazkur tadbirga taklif etamiz.