2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 776,6 ming tonna don yetishtirildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 106,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan don umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qo‘shtepa (9,8 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Beshariq (9,0 %), Dang‘ara (9,0 %), Rishton (8,6 %), Bag‘dod (7,7 %) tumanlarida qayd etildi.