12/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Buvayda tumanining doimiy aholi soni 255 366 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,2 % ga o‘sganligini ta’kidlash zarur.

Shundan:

Shahar aholisi – 114 713 kishi
Qishloq aholisi – 140 653 kishi

Erkaklar soni – 130 656 kishi
Ayollar soni – 124 710 kishi

Tug‘ilganlar - 3 184 kishi
O‘lganlar – 418 kishi

Nikohdan o‘tganlar – 579 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 125 kishi

Ko‘chib kelganlar – 98 kishi
Ko‘chib ketganlar – 231 kishi miqdorida qayd etildi.