Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 224,9 ming AQSH dollari qiymatidagi 207,0 tonna yeryong‘oq eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 40,3 tonnaga kamdir.