Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Quvasoy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 189 ta sanoat korxonalari tomonidan 1 040,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,5 % ni tashkil etgan.