Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Marg‘ilon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 572 ta sanoat korxonalari tomonidan 1 178,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,4 % ni tashkil etgan.