Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Quvasoy shahrida ro‘yhatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 132 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 447 ta ni tashkil etilib, 197 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 100 ta
Sanoat – 197 ta
Qurilish – 85 ta
Savdo – 583 ta
Tashish va saqlash – 64 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 69 ta
Axborot va aloqa – 15 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 27 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 307 taga to‘g‘ri keldi.