Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga Toshloq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 473 ta qayd etilgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 096 ta ni tashkil etilib, 97 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soni:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi - 130 ta
Sanoat – 189 ta
Qurilish – 71 ta
Savdo – 395 ta
Tashish va saqlash – 31 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 26 ta
Axborot va aloqa – 9 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 34 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 211 taga to‘g‘ri keldi.