Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 966,1 ming AQSH dollari qiymatidagi 806,6 tonna qalampir eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 301,6 tonnaga ko‘pdir.