14/10/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 23 876,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 108,9 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 002,8 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 128,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subуektlarining tovar aylanmasi 18 950,9 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 922,8 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 110,6 %) tashkil etdi.