03/11/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

 Mazkur farmonga muvofiq, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan shaxsga hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular 2026-yil 15-fevralga qadar Milliy statistika qo‘mitasiga elektron shaklda taqdim etiladi.

 Bugun, 2025-yil 1-noyabr kuni, Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Inamov Marg‘ilon shahrida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, hududiy komissiya va mas’ul xodimlarning jarayonlarga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida N.Inamov Marg‘ilon shahrining “Rohat”, “Orol Bo‘yi”, “Mashad”, “Charog‘on” hamda “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan “Ro‘yxatga olish shtablari” faoliyati bilan birma-bir tanishib chiqdi. Mahallalarda olib borilayotgan ishlar, xodimlarning tayyorgarligi, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish jarayoni hamda aholi bilan ishlash tizimi o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Ro‘yxatga olish jarayonida Kadastr organlarining ishtiroki hisoblangan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, hamda mahalla kesimida aniqlik kiritish masalalari chuqur o'rganildi.