03/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning 1- oktabr holatiga viloyatda 5 936 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1023 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 17,2 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 991 tasi (16,7 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 735 tasi (12,4 %) kiyim ishlab chiqarishga, 491 tasi (8,3 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 460 tasi (7,7 %) to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.