03/11/2025

Farg‘ona viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari yuqori saviyada olib borilmoqda. Bu borada Toshloq tumanida maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, mas’ul xodimlar o‘z faoliyatini samarali boshlab yuborishgan. Bugungi o‘rganishda avvalo mas’ullarning tayyorgarlik darajasi va ish rejalari muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bu tadbirlar aholi soni, turmush darajasi, iqtisodiy faollik va qishloq xo‘jaligi salohiyatini aniq baholashga qaratilgan. Shu orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini yanada takomillashtirishga hamda investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Bugun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari Toshloq tumanida ro‘yxatga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ulug‘bek Hakimov mahalla fuqarolar yig‘inlari — “Soy bo‘yi”, “Xo‘jaariq” va “Quyi Yakkatut”da bo‘lib, ro‘yxatga olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishchi guruhlarning faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla raislari, faollar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ma’lumotlarni to‘g‘ri va sifatli yig‘ish, aholining faol ishtirokini ta’minlash hamda ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, elektron tizimlar, ma’lumotlarni himoya qilish usullari va hisobotlarning aniqligi bo‘yicha ham fikr almashildi, bu esa jarayonning shaffof va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Hozirda ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda. Bu jarayonlar va natijalar haqida keyinroq xabar beramiz.