03/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bag‘dod tumanida rejali ishlar olib borilmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayonida aholining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy holati, yashash darajasi, farovonligi hamda qishloq xo‘jaligining holati va istiqbollarini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlar bazasini xolis va sifatli shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun tuman hokimi G‘anijon Soliyev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari hokimlik binosida joylashgan “Ro‘yxatga olish shtabi” faoliyati bilan tanishdilar. Mutasaddilarga tegishli tushunchalar berildi va mahallalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

P/S: Ro‘yxatga olish tadbirlariga oid targ‘ibot materiallari va ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!