03/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 74,6 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 23,9 promilleni tashkil etdi. Tugʻilganlar soni joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,9 ming nafarga kamaygan.

Vafot etganlar soni 14,1 ming kishini, har ming aholiga nisbatan oʻlim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,4 ming nafarga koʻpaygan.