06/11/2025

     Joriy yilning 31- oktabr kuni Isfayram-Shohimardon irrigatsiya tizimi boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil 27-oktabr kungi “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2025-yil 25-oktabr kuni "Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 676-son qarorlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini haqida ma]ruza qildi.

U xususan, 2030-yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish, xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish, O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish etib belgilanligi, 2026-yil 1-yanvardan boshlab, “O‘zaviatsiya” agentligini saqlash uchun Davlat budjetidan ajratmalar bekor qilinishi, 2025-yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinishi haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, kasbiy ta’lim tizimini 2030- yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish, 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish, xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish etib belgilanganligi, maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat berilishi, 2026-yildan boshlab, 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida  har yili keng nishonlanishi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilishi haqida ham keng va atroflicha tushuncha berildi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan boshlab, “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish huquqi berilishi, bunda talabgorlar o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qishi yoxud mustaqil tayyorlanishi mumkin bo‘lishi, milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlardan haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatgani haqida guvohnoma talab etilmasligi, “A”, “V”, “S”, “D” toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish huquqiga ega bo‘lishi, “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonda 20 ta elektron (animatsion) test savollaridan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob bergan haydovchilikka nomzodlar “nazariy imtihonni topshirgan” deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qo‘yilishi, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga “A1” kichik toifaga kiradigan transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida ma’lumot aks etgan milliy haydovchilik guvohnomasi berilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Seminar so‘ngida, “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish – kundalik hayot tarziga aylanishi shart” mavzusida ma’ruza  tinglandi.