07/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 24- fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimi yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi -27 –son Farmonida belgilangan vazifalar ishrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Eng namunali statistika xodimi” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi a’zolari tanlov jarayonlarining xolis va adolatli o‘tkazilishiga o‘z bilim va tajribalaridan kelib chiqib, mas’uliyat bilan yondoshdilar. Tadbirda jami yetti nafar boshqarma hamda shahar, tuman statistika bo‘limi boshqaruv xodimlari ishtirok etdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, “Statistika ishlarini tashkil etish va ma’lumotlarni tarqatish” bo‘limi bosh mutaxassisi Xasanov Sardorbek Iqboljon o‘g‘li g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G’olib I-darajali diplom hamda qimmatbaho (Sovutgich) sovga bilan taqdirlanib, respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Axborot xizmati.