10/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.

Bugundan joylarda mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi”ni o‘qitishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Xususan, Qo‘qon shahridagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari hamda profilaktika inspektorlari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi vakili hamda tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va planshet qurilmasidan platformaga kirish, shakllarni to‘ldirish tartiblari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.