10/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 151,6 ming tonna go‘sht, 862,5 ming tonna sut, 556,7 mln dona tuxum, 1 273 tonna qirqib olingan jun va 8 996,8 tonna baliq ovlandi.

Hisobot davrida tirik vaznda yetishtirilgan go‘sht hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,0 % ni, sog‘ib olingan sut – 101,6 % ni, olingan tuxum – 107,1 % ni, qirqib olingan jun – 103,7 % ni hamda ovlangan baliqlar – 120,2 % ni tashkil qildi.