10/11/2025

O’zbekiston tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga oluvchi “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminar davomida tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari va ularni to‘ldirish tartibi haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiya va amaliy ko‘nikmalar berildi.