10/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yetishtirilhan don hajmi 956,3 ming tonnani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,9 % ga o‘sgan.

Yetishtirilgan don umumiy hajmining eng yuqori ulushi Dang‘apa (9,5 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Qo‘shtepa (8,9 %), Bag‘dod (8,5 %), Rishton (8,4 %), Beshariq (8,2 %) tumanlarida qayd etildi. Past ko‘rsatkichlar Qo‘qon sh (0,5 %), Marg‘ilon shahri (0,9 %) va Farg‘ona sh (1,3 %) da kuzatildi. 2024-yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Qo‘qon sh (152,9 %), O’zbekiston (124,4 %), Uchko‘prik (122,4 %), Dang‘ara (120,0 %) va So‘x (119,8 %) tumanlarida qayd etildi.