10/11/2025

Joriy yilning 10- noyabr kuni Buvayda tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan “mahalla yettiligi”ni o‘qitish bo‘yicha seminarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda tumandagi barcha mahalla raislari qatnashdilar. Mazkur seminarda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, qishloq xo‘jaligini qamrab olishdagi yangiliklar, ro‘yxatga olish jarayonlarining bosqichlari hamda to‘planadigan ma’lumotlarning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Seminarning ikkinchi qismida amaliy mashg‘ulot o‘tkazilsi.