Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida joylarda “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘quv seminarlarning ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 10-noyabr kuni Beshariq tumanida mahalla raislari va profilaktika inspektorlari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot jarayonida maxsus platformaga kirish qoidalari, shakllarni to‘ldirish, ishtirokchilar tomonidan berilayotgan savollarga amaliy mashgulotda ko‘rsatib berish orqali tushuntirishlar berildi.






