10/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yetishtirilhan don hajmi 317,4 ming tonnamiqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 100,4 % ni tashkil etgan.

Yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining eng yuqori ulushi Yozyovon (8,0 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Beshariq (7,9 %), Buvayda (7,7 %), O’zbekiston (7,4 %), Qo‘shtepa (7,3 %) tumanlarida qayd etildi. Past ko‘rsatkichlar Qo‘qon (0,5 %), Marg‘ilon (0,9 %) va Farg‘ona (1,8 %) shaharlarida kuzatildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Marg‘ilon sh (128,2 %), Rishton (111,0 %), Quva (109,4 %), So‘x (107,9 %), Farg‘ona sh (105,4 %) va Beshariq (104,5 %) tumanlarida qayd etildi.