O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Joylarda mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi”ni o‘qitishining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Xususan, joriy yilning 11-noyar kuni Dang‘ara tumaniga qarashli barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining hokim yordamchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi vakili hamda tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan planshet qurilmasidan platformaga kirish, shakllarni to‘ldirish tartiblari ishtirokchilar tomonidan berilayotgan savollarga amaliy mashgulotda ko‘rsatib berish orqali tushuntirishlar berildi. Ayni damda seminar ishtirokchilari xonadonlarga kirib, test rejimida ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirmoqdalar.






