Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yetishtirilhan sabzavot hajmi 1113,1 ming tonna miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 106,4 % ni tashkil etgan.
Yetishtirilgan sabzavot umumiy hajmining eng yuqori ulushi Oltiariq tumani (13,5 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Quva (8,9 %), Rishton (8,5 %), Qo‘shtepa (8,3 %), Toshloq (7,6 %) tumanlarida qayd etildi. Past ko‘rsatkichlar Qo‘qon sh (0,3 %), Marg‘ilon sh (0,7 %) va So‘x (0,8 %) tumanida kuzatildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Quva (122,1 %), Qo‘qon sh (119,5 %), Dang‘ara (113,3 %), Buvayda tumani hamda Quvasoy sh (112,7 %), Furqat (111,1 %), Bag‘dod (108,7 %), Qo‘shtepa (107,3 %) va Farg‘ona (106,6 %) tumanlarida qayd etildi.




