Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida joylarda “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘quv seminarlarning ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 11-noyabr kuni Yozyovon tumanida hokim yordamchilari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot jarayonida maxsus platformaga kirish qoidalari, shakllarni to‘ldirish, ishtirokchilar tomonidan berilayotgan savollarga amaliy mashgulotda ko‘rsatib berish orqali tushuntirishlar berildi. Ayni damda seminar ishtirokchilari xonadonlarga kirib, test rejimida ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirmoqdalar.






