12/11/2025

Barcha joylardagi kabi, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 11-noyabr kuni Toshloq tumaniga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarining hokim yordamchilari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot jarayonida maxsus platformaga kirish qoidalari, shakllarni to‘ldirish, ishtirokchilar tomonidan berilayotgan savollarga amaliy mashgulotda ko‘rsatib berish orqali tushuntirishlar berildi. Ayni damda seminar ishtirokchilari xonadonlarga kirib, test rejimida ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirmoqdalar.