02/02/2026

Joriy yilning 26-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, hafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-14-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvar kungi “O‘tkir yurak-qon tomir va tserebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi “Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-22-son qarorlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyati tushuntirildi.

U xususan, endilikda “Aqlli” migratsiya shoxobchalari tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvar kuni Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 tadan tuman (shahar) migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosidagi “Aqlli” migratsiya shoxobchalari tashkil etilishi, dastlabki bosqichda “Aqlli” migratsiya shoxobchalarida belgilangan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘ziga o‘zi ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari kengaytirib borilishi, 2026-yil 1-maydan Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boshqarmalariga O‘zbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron vizalari amal qilish muddatini 1 marotaba 30 kungacha uzaytirish huquqi berilishi shu va ma’lumotlar haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga, kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan tushuntirishlar berdi. Jumladan, 2026-yil 1-maydan xalqaro dasturlar asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi hududlarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi, milliy dastur doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida o‘tkir yurak-qon tomir va tserebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga 1 marta maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilishi, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi infarkt va insult brigadalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, xalqaro standartlar asosida bemorlarning klinik marshrutlari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etilishi, tez tibbiy yordam brigadalari sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish imkoniyatiga ega telemetrik elektrokardiograf hamda monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanishi nazarda tutuvchi tizim joriy qilinishi haqida keng va atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, kun tartibiga qo‘yilgan uchinchi masala yuzasidan tushuntirishlar berildi. Chunonchi, 2026-yildan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, Bosh prokuror kubogi, “O‘zbekiston botirlari” turniri musobaqalar muntazam o‘tkazib borilishi, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi tashkil etilishi, sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi, sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.