26/08/2026

 Toza havo — barchamizga kerak. Uni asrash esa har birimizdan boshlanadi. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosining sifatini yaxshilash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda.



 Aksiya doirasida xodimlarga xizmat va shaxsiy avtomobillardan foydalanishni cheklab, ish joyiga piyoda, velosipedda yoki jamoat transportida kelish tavsiya etiladi.


Bu — shunchaki avtomobildan bir kunga voz kechish emas. Bu:



 havoga chiqariladigan zararli moddalarni kamaytirish;

 tabiatga e’tibor va mas’uliyatni oshirish;

 faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

 kelajak avlod uchun toza va musaffo muhit yaratishga hissa qo‘shishdir.