26/08/2026

Farg‘ona viloyatida sanoat sektori yangi ishlab chiqarish tashabbuslari va tadbirkorlik subyektlari hisobiga tobora kengayib bormoqda.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda sanoat sohasida 6 560 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan:

 6 544 tasi — tadbirkorlik subyektlari, shundan,

 6 477 tasi — kichik biznes subyektlari.

Demak, viloyat sanoatida faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy qismini kichik biznes vakillari tashkil etmoqda. Bu esa sanoat ishlab chiqarishida tadbirkorlikning o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

 Kichik biznes — katta ishlab chiqarish sari yo‘l!

Bugun 6,5 mingdan ortiq sanoat korxonasi Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi mahsulotlar yaratish va tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.