12/03/2026

Joriy yilning 12-mart kuni Farg‘ona davlat texnika universitetining Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya va audit yo‘nalishi bitiruvchi talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Valiyeva, boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi B. Maksudovalar qatnashdilar. Notiqlar o‘z so‘zida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 11-iyundagi Statistika organlarida ishlash jozibadorligini oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida targ‘ib qilish, boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularga bilimli, yetuk zaxira kadrlarni shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining qabul qilinganligi, qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi, “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushirilishi, hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilinganligi hamda har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishi belgilanligi, statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026- yil 1- yanvardan “Maslahatchi” , “Tahlilchi”, kabi sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati joriy etilganligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, mamlakatimizda o‘tkazilgan aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining yakunlari yuzasidan axborot berildi. Aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati.